» » TO'MARIS
--------------------------------------------------------------------------------------

TO'MARIS

administrator | 0 комментариев | 1 037 просмотров
26
10
2018
TO'MARIS
0 голосов

Загрузка...

  • KINO KO'RISH
  • SERIAL QISMLARI

  << TO'MARIS >> RIVOYATI HAQIDA
Turkiy xalqlar tomanidan yaratilgan bazi ijod namunalari turli manbalar orqali
bizgacha yetib kelgan. Bu jihatdan Heradot, Polien, Ktesiy, Apellodor kabi turk
adiblarining hizmati katta.
Og'zaki ijod namunasi hisoblanmish << To'maris >> va << Shiroq >> rivoyatlari
bizgacha yetib kelgan qadimgi qahramonlik eposlari orasida o'ziga hos o'rin tutadi.
<< To'maris >> O'rta Osiyo aholisining chet el bosqinchilari tajovusiga qarshi olib
borgan mardona kurashining badiiy ifodasidir.
<< To'maris >> dagi voqealar O'kuz ( hozirgi Amudaryo ) daryosi qirg'oqlarida ro'y bergan.
Eramizdan avvalgi VI asrda ( 546-yilda ) bir nechta mamlakatlarni istilo qilgan ahamoniylar
( Eron ) shohi Kir ( Kirovush ) O'rta Osiyoga Saqalar davlatiga yurish qiladi.
O'rta Osiyo aholisi ayniqsa To'maris boshchilig'idagi massaget qabilasi Kirga qarshi
mardona kurash olib boradi. Kir qo'shini yengiladi va uning o'zi 529-yilda jang maydonida
o'ldiriladi. Shu voqealar To'maris rivoyatining mazmunini tashkil etadi.
Afsuski bu asarning asli bizgacha yetib kelmagan. Uning mazmuni yunon tarixchisi Heradotning
<< Tarix >> kitobi orqali yetib kelgan.
To'maris-bizgacha yetib kelgan rivoyatlaridagi eng qadimgi ayollar timsoli bo'lib, atoqli olima
Fozila Sulaymonova yunonlar To'maris deb atagan bu qahramonni Tumor deb nomlagan.
Tarixiy manbalarda To'maris nomi Tomris, Tamiris, Tamirida kabi shakillarda uchraydi.
Mirkarim Osim qadimgi rivoyatni qayta ishlash asosida << To'maris >> nomli hikoyasini yaratgan.
Shuhrat o'zining Mardlik afsonasi >> nomli balladasini ham To'marisning jasoratiga bag'shlangan
O'zbek xalq og'zaki ijodiga mansub << Oysuluv >> dostonida << To'maris >> ning o'ziga xos aks -sadolari
mavjud; Rivoyat qahramonlari; To'maris, uning o'g'li Sparganis, ( Sparangiz ) Kir ( Kayxisrav )
Kirning maslahatchisi Krez, Kirning o'g'li Kambiz, va boshqalar...!

<< Sharafjon Sariyev >>ning  Adabiyot qo'llanma 3-kitobidan olindi 2016-yil








BIRINCHI BIZDA"TO'MARIS"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

Fikr haqida
Rasmdagi kodni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать