» » » Egizak farzand ko’rish — ilmiy usullari, xalqona vosita va maslahatlar

Egizak farzand ko’rish — ilmiy usullari, xalqona vosita va maslahatlar

administrator | 0 комментариев | 114 просмотров
28
06
2019
Egizak farzand ko’rish — ilmiy usullari, xalqona vosita va maslahatlar

Загрузка...

  • KINO KO'RISH
  • SERIAL QISMLARI

Egizak farzandlar nafaqat ikki baravar ko’proq mushkullik, balki ikki baravar ko’proq quvonch hamdir. Ko’pgina turmush qurgan juftliklar bir vaqtning o’zida ikki farzandning ota-onasi bo’lishni orzu qilishadi. Kimdir egizaklar birgalikda ulg’ayganda ko’proq imkoniyatga ega deb hisoblasa, kimdir kelajakda farzand tug’ilishi masalasiga nuqta qo’yib, bir vaqtning o’zida «bir o’q bilan ikki quyonni urishni» rejalashtirishadi.
Bunday qarorning sabablari nima bo’lishidan qat’iy nazar, homiladorlikni rejalashtirishninghech bir usuli onalarga egizak farzandli bo’lishga kafolat berolmaydi. Shunga qaramasdan, akusher-ginekologlar bunday urug’lantirish ehtimolini oshirish mumkinligini ta’kidlaydilar.

Statistikaga ko’ra, egizaklar tug’ilishi ehtimoli 1:85 ni tashkil etadi. Ota-onaning avolida egizaklar bo’lgan bo’lsa, bu ehtimollik ortadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlanadigan egizaklar tug’ilishiga ta’sir ko’rsatish deyarli imkonsiz, biroq ayolda bir nechta tuxum hujayra yetilishiga hissa qo’shish mumkin. Xo’sh, egiz farzand ko’rish uchun nima qilish kerak?

Egizaklarga homilador bo’lishning ilmiy yo’llari

Kafolatlangan bo’lmasa-da, shifokorlar egizaklar ko’rish uchun ba’zi ilmiy maslahatlar beradi. Shu bilan birga, bu ayol organizmi uchun xalq tabobati usullari kabi darajada xavfsiz emas.

«Ikkitalik» urug’lantirish uchun oral kontraseptivlarga murojaat qilish mumkin. Ularni uzoq muddat qabul qilib, keskin to’xtatishga organizm kuchli gormonal «chaqnash» bilan javob qaytaradi. Natijada, kontraseptiv tabletkalar qabul qilishni bekor qilgandan keyin birinchi siklda ayolda bir vaqtning o’zida bir nechta tuxum hujayra yetilishi mumkin. Buning uchun kontratseptivlarni qabul qilish uchun eng optimal vaqt 6-9 oyni tashkil qiladi.


Shunday qilib, tezda egizaklarga homilador bo’lish mumkinmi? Aksariyat juftlik rozi bo’lmaydigan yana bir ishonchliroq usul mavjud. Bu ekstrakorporal urug’lantirish yoxud EKU sanaladi. Homiladorlikka tayyorgalik vaqtida ayol ko’p miqdorda gormonlar qabul qiladi, buning natijasida bir vaqtning o’zida ko’plab tuxum hujayralar yetiladi.

Tuxum hujayrala ona organizmidan ajratib olinadi va suniy urug’lantiriladi, so’ng embrionlar bachadonga joylashtiriladi. Agar ular o’rnashib ketsa va normal rivojlansa, 9 oydan keyin ayollar bir vaqtning o’zida ikki yoki hatto uchta farzandning onasi bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishadi.


Egizak ko’rishga yordam beradigan xalqona vositalar

Ikkita tuxum hujayra yetilishi ehtimolini oshirishning eng oson va xavfsiz usuli — taomnomani qayta ko’rib chiqish sanaladi. Ko’proq oqsil iste’mol qilish 9 oydan keyin bir yo’la bir nechta farzandli bolish ehtimolini oshiradi. Go’sht, baliq va sut va sut mahsulotlariga afzallik berish kerak.

Dioskoreya nomli o’simlik qabuli ham tuxumdonlar faoliyatini rag’batlantiradi va onada ikki, hatto uchta tuxum hujayra yetilishiga hissa qo’shadi.










BIRINCHI BIZDA"Egizak farzand ko’rish — ilmiy usullari, xalqona vosita va maslahatlar"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

Fikr haqida
Rasmdagi kodni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать