» » » MANGU QALBDA

MANGU QALBDA

  • Нравится
  • 0
  • Год:
  • Страна:
  • Скачать:
MANGU QALBDA

Muhokamalar - 0 | Ko'rildi - 98


MANGU QALBDA

Qon yutadi yuragim har-on,
Sensizlikka ko'nikolmay zor.
Guldek sevgim bo'lmoqda hazon,
Bunga sabab o'zimdir nigor.

Bunchalar ham qiyin ayriliq,
Naxot yo'qdir bir iloj tag'dir.
Suratingda ko'zlari tinib,
Azoblarda yonmoqda Qodir.

Balki sevib xato qildimmi,
Qora ko'z-u so'ziga uchib.
Men sevgini tanxo bildimmi,
Aqlimgamas, yurakka ko'nib.

Sendan ko'ra men azobdaman,
Seni qattiq sevganim uchun.
Samo uzra dardim to'kaman,
Olloh bizni ayirdi nechun.

O'zga yoring mendan yaxshiroq,
Menga o'xshab oddiy yurmaydi.
Lekin shuni bilgin sen biroq,
Seni hech kim menday sevmaydi.

Senga baxtlar tilaydi Qodir,
Lek ichida yonib yiglaydi.
Vaqti kelib bo'lsada yori,
Mangu qalbda nigor yashaydi.

Muallif:  Qodir Qahxor


Загрузка...

 

Имя:*
E-Mail:
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив