» » » BIR CHIROYLI QIZ TOPING ONA
--------------------------------------------------------------------------------------

BIR CHIROYLI QIZ TOPING ONA

administrator | 0 комментариев | 104 просмотров
25
08
2019
BIR CHIROYLI QIZ TOPING ONA
0 голосов

Загрузка...

  • KINO KO'RISH
  • SERIAL QISMLARI

BIR CHIROYLI QIZ TOPING ONA.

Qo'li hali gullar tutmagan,
Qalbi sevgi nima bilmagan,
O'nsakkizga kirib kirmagan,
Bir chiroyli qiz toping ona.

Kulganida dardni oluvchi,
Sizga o'xshab duo qilguchi,
Ham pazanda moxir tikuvchi,
Bir chiroyli qiz toping ona.

Kumushdayin porlasin yuzi
Tik bo'qmasin tim qora ko'zi,
Shirin bo'lsin har aytgan so'zi,
Bir chiroyli  qiz toping ona.

Qomatlari nozik kelishgan,
Tabiy go'zal boyoq tegmagan,
Qanday libos kiysa yarashgan,
Bir chiroyli qiz toping ona.

Yo'lgizlikdan zerikdim yana,
To'ylar qiling bo'lsin tantana,
Sizga kelin menga go'zal yor,
Bir chiroyli qiz toping ona.

23:33.22.08.2019

Muallif: Qodir Qaxxor








BIRINCHI BIZDA"BIR CHIROYLI QIZ TOPING ONA"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

Fikr haqida
Rasmdagi kodni kiriting:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать