» » YOMON BO'LSAM

YOMON BO'LSAM

admin | 0 комментариев | 1 698 просмотров
17
01
2020
YOMON BO'LSAM

KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

Загрузка...
  • Просмотр онлайн
  • Просмотр Сериаль

YOMON BO'LSAM.

Alamim  bor  nomardlardan,
Charchadim ko'p yolg'onlardan,
Yomon bo'ldim g'iybatlardan,
Yomon bo'lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.

Yomon so'zdan tilim tiysam,
O'zi onda sonda kulsam,
Yomon bo'ldim endi bilsam,
Yomon bo'lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.

Meni yomon demang do'stim,
Yomonlarda bordir qastim,
Haqiqatga bo'lay taslim,
Yomon bo'lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.

Topganim oz ammo halol,
Nopok yo'lni umri zavol,
Yomonmanmi qiynar savol,
Yomon bo'lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.

Boylik dardi sizda bo'lsa,
Mendan biroz ko'ngil uzing.
Gar giybatlar yomon desa,
Yomon bo'lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.

Ko'p yaxshilik qilganim rost.
Do'stga sodiq bo'lganim  rost.
Yomondan yuz burganim rost.
Yomon bo'lsam uzoq yuring.
Sizga ozor yetmasin hech.

12:23.16.01.2020

MUALLIF: QODIR QAXXOR


QISMLARNI TANLANG




BIRINCHI BIZDA"YOMON BO'LSAM"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать